Markaziy Osiyoda koronavirus bilan holat qanday?
Olam
−
25 mart 2020
14694Bugun, 25 mart kuni Qozog‘istonda yana 7 kishi koronavirusga chalindi. Mamlakatda infeksiya yuqtirganlar soni jami 79 nafarga yetdi. Bu haqda Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Bugungi holat bo‘yicha Olmaotada 2 nafar, Nur-Sultonda 5 nafar bemorda koronavirus aniqlangan.
Avvalroq, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar ichida 4 oylik chaqaloq ham borligi haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda joriy yilning 13 mart kuni birinchi marta koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlandi. Shundan so‘ng, Respublika rahbari mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi.
Markaziy Osiyo davlatlaridan Qirg‘izistonda ham koronavirusga chalinganlar soni keskin oshib bormoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 26 nafar bemor infeksiya yuqtirib olgan. Shu sabab Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida komendantlik soati joriy qilindi.
Tojikiston hamda Turkmaniston hududida koronavirusga chalinish holatlari qayd etilmagan.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha yana 5 nafarga oshib, 55 nafarga yetdi.
LiveBarchasi