Markaziy Osiyoda ilk bor krematoriy ish boshladi
Olam
−
18 iyun 5567 2 daqiqa
Joriy yil aprel oyining oxirida Qozog‘iston va Markaziy Osiyodagi birinchi krematoriy ish boshladi, biroq krematsiya uchun ariza topshirish jarayoni haligacha tartibga solinmagan. Bu haqda “Vlast” xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakat Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi nashrning rasmiy so‘roviga bergan javobida krematsiya davlat xizmatlari reyestriga kiritilishini ma’lum qilgan, ammo aniq muddatni ochiqlamagan.
Krematoriy o‘z faoliyatini boshlaganidan keyin, ko‘pchilik krematsiyaga ariza berish tartibi bilan bog‘liq qiyinchiliklar haqida ma’lum qilgan. Masalan, arizaga ilova qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlardan biri – marhumning hayotlik chog‘idagi yozma xohish-istagi hisoblanadi, vaholanki, amaliyotda bunday hujjatning yagona davlat namunaviy shakli mavjud emas.
Raqamli rivojlanish vazirligining ma’lum qilishicha, krematsiya davlat xizmatlari reyestriga kiritilgandan so‘ng, davlat xizmatini ko‘rsatish qoidalari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Ushbu qoidalar bilan ariza berish tartibi, zarur hujjatlar ro‘yxati, fuqaroning hayotlik chog‘idagi xohish-istagini rasmiylashtirish va tasdiqlashga qo‘yiladigan talablar, davlat xizmatini ko‘rsatish muddati, shuningdek, krematsiyani tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa protsessual masalalar belgilanadi.
Shuningdek, vazirlik jarayonni raqamlashtirish masalalari, jumladan, ushbu xizmatni eGov portali orqali olish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilishini bildirgan.
Ma’lumot uchun, krematsiya (lotincha crematio — kuydirish, yondirish so‘zidan olingan) – marhumning jasadini maxsus yuqori haroratli pechlarda (krematoriylarda) olov yordamida kuydirish orqali kul holiga keltirishdan iborat dafn qilish marosimidir.
Live
BarchasiAQSH va Eron memorandum imzoladi
18 iyun