Markaziy Osiyoda 5 millionga yaqin iqlim muhojirlari paydo bo‘ladi – To‘qayev
Olam
−
16 Sentabr 2023
7467Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 2050 yilga borib Markaziy Osiyodagi qurg‘oqchilik oqibatida 5 millionga yaqin iqlim muhojirlari “tug‘ilishi”ini aytdi. Bu haqda u Tojikistonga amaliy tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
Tojikistonda bo‘lib o‘tgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischilari – Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishida Qozog‘iston Prezidenti yig‘ilish ishtirokchilari e’tiborini bir qator dolzarb masalalarga qaratgan. Jumladan, Markaziy Osiyo xavfsizligiga global iqlim o‘zgarishi, suvning kamayishi va qurg‘oqchilik tahdid solayotganidan ogohlantirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada ro‘y berayotgan bunday tabiiy o‘zgarishlar 20-25 yildan so‘ng noqonuniy ichki muhojirlarning ko‘payishiga olib keladi.
“Xalqaro ekspertlarning fikricha, mintaqamizda havo harorati o‘rtacha jahon darajasidan ancha tez ko‘tarilmoqda. Bu Orol dengizi havzasidagi asosiy suv manbai bo‘lgan muzliklar maydonining qisqarishiga olib keladi. Oxirgi 50 yil ichida ularning hajmi 30 foizga kamaygan. Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilga borib Markaziy Osiyodagi qurg‘oqchilik yiliga yalpi ichki mahsulotning 1,3 foiziga zarar yetkazishi mumkin. Bu esa 5 millionga yaqin ichki iqlim muhojirlarining paydo bo‘lishiga olib keladi”, degan To‘qayev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Osiyoda qurg‘oqchilik tufayli qirg‘izistonliklar O‘zbekistonni ayblayotgani, Qozog‘istonda esa otlar o‘layotgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi