Markaziy Osiyo va Germaniya rahbarlari uchrashadi

Olam

image

Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bugun, 14 avgust kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi parlament shtat kotibi Nils Annen bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Tojikiston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat Germaniya bilan munosabatlarini mustahkamlashdan manfaatdor va energetika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni istiqbolli yo‘nalish deb biladi.

“Tojikiston tomoni ikki davlat o‘rtasidagi energetika sohasidagi konstruktiv munosabatlarni yanada mustahkamlashdan manfaatdor. Xususan, gidroenergetika, “yashil” energetika, fan va ta’lim, texnologiyani rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi masalalaridir”, deydi Rahmon.

Shu bilan birga, Rahmon Tojikiston va Germaniya o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etgan.

Bundan tashqari, suhbatdoshlar Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlarining bo‘lajak uchrashuvi haqida gaplashgan. Uchrashuvning sanasi aniqlanmagan.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tomonlar ushbu tadbir savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilishiga umid bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Tojikiston Imomali Rahmon Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing