Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan Anvar Jamoliddinovich Nosirov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor etib tayinlandi.

Anvar Nosirov shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati tashqi siyosat va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash sho‘’basi mudiri lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ilk Maslahat uchrashuvining ikkinchi sammitida erishilgan barcha kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish, ekspert-tahlil doira vakillari, amaliyotchi mutaxassislar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, mintaqaviy strategiyani ishlab chiqishda ular ishtirokini ta’minlash maqsadida Prezidentning alohida qarori bilan Markaziy Osiyo xalqaro instituti tashkil etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Osiyo instituti

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing