Markaziy Osiyo kelajakda O‘zbekistonga bog‘liq bo‘lib qoladi – “The Economist”

Jamiyat

image

O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida yagona lider bo‘lib qoladi. Asosiy raqobatchi sanalgan Qozog‘iston esa rivojlanish o‘rniga tanazzulga yuz tutmoqda. Bu haqda “The Economist” nashrining maqolasida so‘z boradi. 

Maqola mualliflari O‘zbekiston 2016 yildan buyon qanday katta qadam tashlagani va Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlardan qanchalik o‘zib ketganini ta’kidlagan. Asosiy raqobatchi sanalgan Qozog‘iston esa rivojlanish o‘rniga tanazzulga yuz tutdi. 

Nashrning yozishicha, Qozog‘istonda degradatsiya ketmoqda. U yerda korrupsion klan hukmronlik qilib, aqlli odamlar mamlakatdan chiqib ketmoqda, qolaversa, radikal islom o‘zini namoyon qilmoqda. Qozog‘iston xomashyo muammolari bilan kurashmayapti, balki tashqi omillarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston esa ijobiy misol tariqasida keltirilgan. 

“O‘zbekistonda atrof-muhit va qisman iqtisodiyotda muammolar mavjud bo‘lishiga qaramay, so‘nggi 5 yil ichida mamlakat o‘zgarishlarga erishdi. Daromadlar sezilarli darajada bo‘lmasa-da o‘sib bormoqda, oliy ma’lumotli odamlar soni ko‘paymoqda, radikal diniy jamoalar deyarli yo‘q. Ayollar esa erkaklar bilan teng ravishda rahbarlik lavozimlarini egallaydilar. O‘zbekiston yanada o‘sishi kerak, chunki ayollarni hamma ham tan olavermadi, lekin ko‘pchilik zamon bilan hamnafas, IT mutaxassislariga bu respublikada talab katta”, deb yozadi “The Economist”.

Nashrning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo kelajakda O‘zbekistonga bog‘liq bo‘ladi, chunki mamlakat mintaqadagi asosiy kuch va iqtisodiy poydevorga aylanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1391

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing