Markaziy Osiyo Fors ko‘rfazidan tovarlar importi hajmini oshirdi

Olam

image

Markaziy Osiyo mamlakatlari Fors ko‘rfazidan import qilinadigan tovarlar hajmini oshirdi. Bu haqda Yevrosiyo taraqqiyot banki ma’lumotlarida keltirilgan.

Unga ko‘ra, o‘tgan yili mintaqa va Fors ko‘rfazi mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 3,3 milliard dollarni tashkil etgan. Markaziy Osiyoning besh davlati: Quvayt, Bahrayn, Qatar, BAA, Ummon va Saudiya Arabistoni bilan savdo hajmi 2020 yilga nisbatan 4,2 barobarga oshgan.

Savdoda eng yuqori o‘sish sur’atini Turkmaniston (9,9 barobar), Qirg‘iziston (9,5 barobar) va O‘zbekiston (8,1 barobar) ko‘rsatgan. Fors ko‘rfazi mamlakatlari ichida BAA mutlaq yetakchi hisoblanadi va mintaqa bilan savdoning 97 foizini ta’minlaydi.

Mos ravishda Fors ko‘rfazi mamlakatlarining mintaqadagi eng yirik savdo hamkorlari: Turkmaniston – 2 milliard dollar (umumiy savdoning 61 foizi), O‘zbekiston – 740 million dollar (23 foiz), Qozog‘iston – 302 million dollar (9 foiz).

“Mutaxassislar o‘zaro savdoning o‘sishi davom etishini qayd etmoqda. Hali foydalanilmagan salohiyat juda katta bo‘lib, 4,9 milliard dollarga baholanmoqda, bu esa joriy tashqi savdo aylanmasiga qo‘shimcha 150 foiz degani”, deyiladi xabarda.

Shundan 4,4 milliard dollari Fors ko‘rfazi mamlakatlarining potensial eksporti (avtomobillar, elektronika, zargarlik buyumlari), 0,5 milliard dollari esa Markaziy Osiyo eksporti (qimmatbaho va rangli metallar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari – Milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin Ostonada bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Xitoy” Ishbilarmonlik kengashining ikkinchi yig‘ilishida Xitoyning Markaziy Osiyo bilan savdo aylanmasi 95 mlrd dollarga yetganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Fors ko'rfazi Markaziy Osiyo tovar importi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing