Markaziy bankni yoqib yuborishga va’da bergan TikTok yulduzi Argentina Prezidenti bo‘ldi

Olam

image

Argentinadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida favorit hisoblanmagan o‘ta o‘ngchi siyosatchi Xaver Mayli kutilmaganda 56 foizdan ortiq ovoz bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda AFP xabar berdi.

Maylining raqibi Iqtisodiyot vaziri Serjio Massa mag‘lubiyatini tan oldi va yangi rahbarga muvaffaqiyat tiladi. 

"Shubhasiz, natijalar biz kutgandek bo‘lmadi va men Xaver Mayli bilan gaplashib, uni tabrikladim va unga omad tilayman, chunki u argentinaliklarning ko‘pchiligi keyingi to‘rt yilga saylagan Prezident", deydi Massa.

53 yoshli TikTok yulduzi, musiqachi, iqtisodchi va teleboshlovchi o‘zining g‘alati uslubi va munozarali bayonotlari tufayli AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp va Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaro bilan taqqoslanadi. Xususan, u AQSH dollari uchun “kasal pesodan voz kechishga" chaqirgan va "inflyatsiya saratoni"ni tugatish uchun Markaziy bankni yoqib yuborishga va’da bergan. 

AFP’ning eslashicha, Mayli abortga, o‘qotar qurol olib yurishga qarshi chiqqan, Argentinaning asosiy savdo hamkorlari – Xitoy va Braziliya bilan aloqalarni uzishga va’da bergan. Shuningdek, u harbiy diktatura qurbonlari sonini shubha ostiga olgan va iqlim o‘zgarishiga inson faoliyati sabab bo‘lganini tan olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Argentina Xaver Mayli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing