Markaziy bank rahbariyati Prezidentdan “gap eshitdi”

Jamiyat

image

Bugun, 19 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Markaziy bank rahbariyati keskin tanqid qilindi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, Markaziy bankka 1 trillion so‘mlik kredit resurslarini ajratish, yil yakuniga qadar yana qo‘shimcha 100 million dollar xorijiy kredit liniyalari jalb qilish topshirig‘i berilgan bo‘lsa-da, mablag‘lar hali tadbirkorlarga yetib bormagan.

Shu sababli, agar 1 trillion so‘m mablag‘lar tijorat banklariga joylashtirilmasa, Markaziy bank rahbariyatiga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Bundan tashqari Markaziy bank mutasaddilariga 1 noyabrgacha turizm xizmatlari uchun 100 million dollarlik kredit liniyasini ochish, yil yakuniga qadar kelgusi yil uchun yana qo‘shimcha 100 million dollar jalb qilish topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

754

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing