Mark Kukurelya faoliyatini “Real”da davom ettiradi
Sport
−
15 iyun 753 1 daqiqa
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya Madridning “Real” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, “Real Madrid” futbolchining transferi uchun Londonning “Chelsi” klubiga 55 million yevro to‘laydi. Shuningdek, kelishuvda yana 5 million yevro miqdorida bonuslar ham ko‘zda tutilgan.
Kukurelya “Real Madrid”ning azaliy raqobatchisi “Barselona” akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida “Barselona”, “Espanol”, “Eybar”, “Xetafe”, “Brayton” va “Chelsi” jamoalari sharafini himoya qilgan. U Ispaniya terma jamoasi bilan birga 2024 yilgi Yevropa chempionati g‘olibiga aylangan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda himoyachi barcha musobaqalar doirasida 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi