Marg‘ilondagi “Xo‘ja Porso” masjidining tarixiy binosi buzilgani yuzasidan jinoiy ish ochildi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi “Xo‘ja Porso” masjidi buzilishi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Holat bo‘yicha Farg‘ona viloyati madaniy meros boshqarmasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 132 (Moddiy madaniy meros ob’ektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) va 205 (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi “Xo‘ja Porso” masjidining tarixiy binosi buzib tashlangani haqida xabar bergan edik. Viloyat hokimligi ushbu holatga izoh berib, eski masjid o‘rniga yangisini qurmoqchiligini aytgandi.

Madaniy meros agentligi ushbu masjidning buzib tashlangani bo‘yicha ish tergov uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborilganini ma’lum qilgandi. Chunki agentlik huzuridagi Ilmiy kengash “Xo‘ja Porso” jome masjidini buzib tashlashga ruxsat bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing