Marg‘ilonda Prezident tashrifidan avval tibbiyot xodimlari farroshga aylangani rostmi?

Jamiyat

image

Kecha, 26 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilondagi tibbiyot muassasalari xodimlari Prezident borishi rejalashtirilgan Hunarmandlar markazidagi tozalash ishlariga jalb qilinayotganligi haqida xabarlar tarqatildi.

Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ushbu xabarlarga munosabat bildirib, ularni asossiz deb atadi.

Qayd etilishicha, maqolaga ilova qilingan rasmda ham hech qanday tibbiyot xodimlari aks etmagan. Rasmda uzoqdan oq kiyimda dezinfektor (zararsizlantiruvchi xodim) dezinfeksiya qilayotgani, yonida esa ko‘k xalat kiygan ayol turgani aks etgan, xolos.

“Birinchidan, hozirgi pendemiya sharoitida butun dunyoda, shu jumladan, O‘zbekistondagi barcha yirik va odam ko‘p boradigan ob’ektlarda davlat sanitariya-epidemilogiya osoyishtaligi markazlarining dezinfektor xodimlari ish olib bormoqda. Ular boshqa yumush bilan emas, o‘zlarining zimmasiga yuklatilgan infeksiyaga qarshi zararsizlantirish ishlari bilan shug‘ullanishyapti. Qisqa qilib aytganda, ular o‘z xizmat vazifasini bajarishyapti.

Hunarmandlar markazida ham dezinfektor zararsizlantirish ishlarini olib borish uchun jalb etilgan.

Ikkinchidan, xorijdagi “hamkasblarimiz” rasmda aks etgan ko‘k xalatli ayolni tibbiyot xodimi deb o‘ylashgan bo‘lsa, mutlaqo yanglishadilar. Chunki O‘zbekistonda hech qaysi tibbiyot xodimi bunday ko‘k xalat kiymaydi, oq halat kiyishadi. Ko‘k xalatni esa shu yerda ishlovchi biror ayol xodim kiyib olgan bo‘lishi mumkin.

Materialda tibbiyot xodimlari majburiy mehnatga jalb etilyapti, deb ayuhannos solinganu, aniq dalil va faktlar berilmagan. Shu sababli, bu xabarni yolg‘on va asossiz axborot deb atash o‘rinlidir”, deyiladi boshqarma bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Marg'ilon

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing