Marg‘ilon shahriga yangi hokim tayinlandi
O‘zbekiston
−
04 Aprel 2020 16976 1 daqiqa
Bugun, 4 aprel kuni Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Marg‘ilon shahar hokimi Mirzohid Ubaydullayev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Farg‘ona viloyat hokimi Sh.G‘aniyevning qaroriga ko‘ra Adham To‘xtasinovich Ziyavitdinov Marg‘ilon shahar xokimi etib tayinlandi.

Ushbu qaror Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar kengashi sessiyasi tomonidan tasdiqlandi.
Adham Ziyavitdinov bunga qadar Quvasoy shahar hokimi bo‘lib ishlar edi.
Avvalroq, Quvasoy shahridagi yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr