“Mard o‘g‘lon” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi
Jamiyat
−
17:37 717 4 daqiqa
Bugun, 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bir guruh yoshlarni “Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlaydi.
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati:
- Rahim Tolibay uli Allashov – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
- Nodirbek Turg‘un o‘g‘li Alimbayev – To‘rtko‘l tumanidagi “Ullubog‘” ovul fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);
- Oybek Abdumannob o‘g‘li Teshaboyev – Andijon davlat texnika institutining doktoranti (Andijon viloyati);
- Doniyorbek Damirjon o‘g‘li Xursanov – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh komandiri (Andijon viloyati);
- Daler Rahmonovich Rahimov – 58-xalqaro kimyo olimpiadasi ilmiy qo‘mitasi a’zosi (Buxoro viloyati);
- Sherali Shuhrat o‘g‘li Mustaqimov – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlar markazi katta inspektori (Buxoro viloyati);
- Zokirov Jahongir Lazizbek o‘g‘li – Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi (Jizzax viloyati);
- Javohir Aliboy o‘g‘li Abduholiqov – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism otryad mutaxassisi (Jizzax viloyati);
- Javohir Tursunpo‘lat o‘g‘li Xudoyqulov – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi (Qashqadaryo viloyati);
- Dilshodbek Ulug‘bek o‘g‘li Yo‘ldoshev – Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining guruh katta mutaxassisi (Qashqadaryo viloyati);
- Hayot Yo‘lchiyevich Istamov – Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti katta o‘qituvchisi (Navoiy viloyati);
- Hazrat Akramjon o‘g‘li Salimjonov – “Navoiy kon–metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Navoiy mashinasozlik zavodi muhandis–texnologi (Navoiy viloyati);
- Elmurod Tursunali o‘g‘li Astanaliyev – Toshkent davlat transport universiteti mustaqil izlanuvchisi (Namangan viloyati);
- Umidjon Javlon o‘g‘li Karimov – Toshkent shahar bojxona boshqarmasining bo‘lim katta tezkor vakili (Namangan viloyati);
- Shohzodbek Elbek o‘g‘li Elbekov – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism otryad komandiri (Samarqand viloyati);
- Dilshodjon Rayimberdi o‘g‘li Xudoyberdiyev – Samarqand viloyati suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining akademik eshkak eshish bo‘limi sportchisi (Samarqand viloyati);
- Otabek Shuxrat o‘g‘li Xolmatov – Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining otryad katta mutaxassisi (Sirdaryo viloyati);
- Bektosh Qodirberdi o‘g‘li Musurmonqulov – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi (Sirdaryo viloyati);
- Najmiddin Abdujabbor o‘g‘li Qosimxojiyev – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 4–bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati);
- Sarvar Nurislom o‘g‘li Noraliyev –O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism batareya komandiri (Surxondaryo viloyati);
- Aytjan Daniyor o‘g‘li Xalmaxanov – Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 2–bosqich talabasi (Toshkent viloyati);
- Yevgeniy Alekseyevich Larin – Toshkent davlat tibbiyot universiteti 6–bosqich talabasi (Toshkent viloyati);
- Qudratbek Ulug‘bek o‘g‘li Mahammadjonov – Farg‘ona davlat texnika universiteti 2–bosqich magistranti (Farg‘ona viloyati);
- Shuxratjon Muzafarjon o‘g‘li Muhammadxonov – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy musiqa akademik litseyi komandiri (Farg‘ona viloyati);
- Artur Ixtiyor o‘g‘li Rajabov – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, haykaltarosh (Xorazm viloyati);
- Qodirbergan Olimboy o‘g‘li Aminboyev – Urganch davlat pedagogika instituti 3–bosqich talabasi (Xorazm viloyati);
- Humoyun Xusniddinovich Begmuratov – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi a’zosi (Toshkent shahri);
- Paxlavon Farrux o‘g‘li G‘ulomov – Toshkent shahridagi Prezident maktabi 11–sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekistonning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhi mukofotlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi