Prezident ishtirokidagi davlat mukofotlarini berish marosimi boshlandi
Jamiyat
−
13:03 1664 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tadbirda davlat rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabriklagan.
“35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi”, degan Prezident.
Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob o‘zbek xalqi ekani ta’kidlangan.
Shuningdek, davlat rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etgan.
Bundan tashqari, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtalgan.
Ma’lumot uchun, bugun, 26 avgust kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Live
Barchasi