Marhum Shuhrat Qayumov nomiga Nepalda quduq qazildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli suxandon va san’atkor Shuhrat Qayumov va uning turmush o‘rtog‘i Umida Qayumova nomidan Nepal mamlakatida quduq qurilib, foydalanishga topshirildi.

Nepalliklarning quduqdan suv olayotgani va o‘zbekistonlik xonandani duo qilayotgani aks etgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov 2020 yilning  sentyabr oyida vafot etgan edi. Biroq, bu haqida xabar qilgan Madaniyat vazirligi uning o‘limi sababini ochiqlamagandi.

Ma’lumot o‘rnida, taniqli xonanda 1969 yilda Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tavallud topgan. 1991 yilda O‘zbekiston davlat san’at institutini tamomlagan.
Uzoq yillar davomida esa “O‘zbekiston” teleradiokanalida “Assalom O‘zbekiston”, “Ohangrabo” kabi ko‘rsatuvlarini tayyorlagan.

Shuningdek, u ko‘plab qo‘shiqlari bilan xalq hurmatiga erisha olgan xonanda edi. Uning “G‘animatim onajon”, “Siz o‘shamu?”, “Aytsam tilim, aytmasam dilim”, “Oila”, “Sensiz hecham”, “Bu hayot” kabi taronalari mashxur.

Qo‘shimcha o‘rnida, Nepal Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi qurg‘oqchil o‘lka bo‘lib, aholisi uzoq yillardan buyon suvsizlikdan qiynalib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1807

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing