Mao Szedun imzosi tushirilgan menyu sotildi

Olam

image

Xitoyning sobiq yetakchisi Mao Szedun imzolagan rasmiy davlat ziyofat menyusi kimoshdi savdosida 275 ming dollarga sotildi. Bu haqda "Associated Press" xabar berdi.

Unga ko‘ra, Bostonda joylashgan RR Auction kompaniyasi Pokiston Bosh vaziri Husayn Shahid Suhravardining Xitoyga birinchi davlat tashrifini nishonlash uchun 1956 yil 19-oktyabrda Pekinda bo‘lib o‘tgan ziyofat uchun mo‘ljallangan menyusi sotilishini e’lon qilgan.

Menyuga oltita Xitoy davlat arbobi, jumladan Mao Szedun va Bosh vazir Chjou Enlay imzo chekkan. Ziyofatda ikki mamlakat taomlari –qaldirg‘och uyasi, asalli qo‘ziqorin, jigarrang sousda akula suzgichi, qovurilgan Pekin o‘rdagi kabi tansiq taomlar tortilgan.

“Mao Szedun va Chjou Enlay imzolagan menyuni qo‘lingizda ushlab turish o‘nlab yillar davomida saqlanib qolgan diplomatik aloqalar, "bordi-keldi" va do‘stlik haqida hikoya qiluvchi o‘tmishdan bir parchani ushlab turish demakdir”, degan  RR auksioni ijrochi direktori Bobbi Livingston.

Ma’lumot uchun, Xitoy Xalq Respublikasining asoschisi Mao Szedun 1949-yilda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganidan to 1976-yilda vafotigacha Xitoy Kommunistik partiyasiga rahbarlik qilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy Associated Press Mao Tszedun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made