Manzil koloniyadan qochib, 3-sinf qizni zo‘rlagan pedofil ishi yopiq sudda ko‘rilmoqda

3-sahifa

image

Joriy yil oktyabr oyida Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan manzil koloniyada jazosini o‘tayotgan 31 yoshli mahkum qochib, 3-sinfda o‘qiydigan qizni zo‘rlagani haqidagi xabar berilgandi. Mazkur ish yuzasidan sud boshlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2016 yilda tug‘ilgan qizga nisbatan qilingan nomaqbul harakat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi bilan ish ochilgan. Mazkur ishning jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron shahar sudida ko‘rib chiqilishi boshlangan.

Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Qo‘shimcha ma’lumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi.

Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganovning ma’lum qilishicha, ayblanuvchi – 1994 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan M.T. joriy yilning 16 oktyabr kuni qochib ketgan va shu kuni Ohangaron tumanida voyaga yetmagan qizga, uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan. U oldin ham, aniqrog‘i, sudning 2018 yildagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybli deb topilib, 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan, biroq 2024 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tumani sudining ajrimi bilan mahkum manzil koloniyaga o‘tkazilgan.

Joriy yil oktyabrdagi holat ortidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Markaziy tergov hibsxonasi tartibot bo‘limi safdori Sh.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 214-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu ishning borishi jamoatchilikka ma’lum emas.


Maqola muallifi

Teglar

Ohangaron nomusga tegish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing