Mansabdorlar nega qimmatbaho avtomobillarda yuradi? Moliya vaziri javob berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Moliya vaziri Timur Ishmetov “Toshkent 5 tashabbus harakati” doirasidagi yoshlar bilan uchrashuvda davlat mansabdorlarining qimmatbaho xizmat mashinalarida yurishi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.

“Mansabdorlarning xizmat avtomobillarida yurishi bo‘yicha masalaga munosabat bildirmayman. Chunki hukumat bunga allaqachon munosabat bildirib bo‘ldi va tegishli qaror chiqardi. Qaror bo‘yicha konkret talablar va cheklovlar belgilangan. Shuning uchun ham bu masala endi yopiq. 

Ayni vaqtda Moliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda qaror ijrosi yuzasidan davlat tashkilotlaridagi barcha xizmat avtomobillari inventarizatsiyadan o‘tkazilmoqda. Natijalari bo‘yicha yana axborot beramiz. Hozircha esa bu masalani yopsak ham bo‘ladi”, deydi Ishmetov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat amaldorlarining xizmat mashinalarini yangisiga almashtirishi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarga o‘tkazib berishi uchun cheklov o‘rnatildi.

Tegishli qaror bilan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportlarini yangisiga almashtirish hamda ularning tizimidagi tashkilotlarga o‘tkazib berish avtotransportdan kamida 5 yil foydalanilgandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin (foydalanishga yaroqsiz holga kelgan avtotransport vositalari bundan mustasno) etib belgilab qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

682

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing