Manchesterning ikki murabbiyi Ronaldu haqida qanday fikrda?

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Yuventus”ni tark etgan Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

“Krishtianu “Manchester Siti”ni tanlamadi, chunki qayerda o‘ynashni o‘zi hal qiladi. Ronaldu va Messi aql bovar qilmas darajadagi o‘yinchilar sanaladi. Ular so‘nggi 20 yillikning eng yaxshi futbolchilaridir”, deydi Gvardiola.

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ham Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

“Men u bilan har doim yaxshi muloqotda bo‘lganman. Bruno Fernandesh u bilan gaplashdi, Ronaldu unga qanday munosabatda ekanimizni biladi. Krishtianu “Manchester Yunayted”ning afsonasi, barcha vaqtlarning eng yaxshi o‘yinchisidir. Men u bilan o‘ynash baxtiga muyassar bo‘lganimdan faxrlanaman”.


Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Ole-Gunnar Sulsher bilan 2003-2007 yillar mobaynida MYUda birga o‘ynagan.


Maqola muallifi

Teglar

APL Manchester Yunayted Ole-Gunnar Sul'sher Pep Gvardiola Krishtianu Ronaldu “Manchester Siti

Baholaganlar

329

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing