“Manchester United” transferlarga qancha mablag‘ ajratmoqchi?

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi joriy yilning yozida transferlar uchun 140 million yevro ajratishni rejalashtirgan. Bu haqda “De Telegraaf” nashri xabar berdi.

“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi  qiziqish bildirayotgan futbolchilar orasida “Ayaks” futbolchilari Yurriyen Timber va Entoni, shuningdek, “Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong bor.

Ten Xag Angliya Premer Ligasining so‘nggi turida “Manchester Yunayted” va “Kristal Pelas” o‘rtasidagi o‘yinda ishtirok etishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tkazilgan 37 o‘yindan so‘ng, “Manchester Yunayted” 58 ochko bilan 2021/2022 yilgi Angliya Premer ligasi jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing