“Manchester Yunayted” “short-listi”dan o‘rin olgan murabbiylar ma’lum

Sport

image

“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher o‘rniga boshqa mutaxassis tayinlashga hozirlik ko‘rmoqda. Klub norvegiyalikni qachon ishdan bo‘shatishi hozircha aniq emas, ammo rahbarlar yangi murabbiy variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Manchester Evening News” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Ole-Gunnar Sulsher o‘rniga tayyor nomzod yo‘qligi sababli 2021/2022 yilgi mavsumni oxirigacha yakunlashi mumkin.

“Manchester Yunayted” boshqaruviga asosiy nomzod hozirda “Lester” ustozi Brendan Rojers hisoblanadi. Shuningdek, “qizil iblislar”ning short-listida “Ayaks” bosh murabbiyi Erik ten Xag va ispaniyalik Luis Enrike ham bor.

Avvalroq, Antonio Konte MYU boshqaruviga kelishi taxmin qilingandi. Biroq, italiyalik APLning boshqa jamoasi “Tottenxem” boshqaruviga keldi.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing