“Manchester Yunayted” “Real”ning 57 yillik rekordini takrorladi 

Sport

image

"Manchester Yunayted" yevrokuboklarda "Real"ning 57 yillik rekordini takrorladi. Bu haqda "Opta" xabar bergan.  

Yevropa Ligasi yarim final qarama-qarshiligining birinchi o‘yinida "Manchester Yunayted" "Roma" bilan uchrashdi. 

Uchrashuv 6:2 hisobi bilan "Manchester Yunayted" foydasiga hal bo‘ldi. 

So‘nggi marta "Real" 1963/64 yilgi mavsumda Yevropa kubogining 1/2 finalida 6 ta gol urgandi (Syurixga qarshi, 6:0). Angliya klubi "Real"dan keyin yevrokuboklar yarim finalida oltita gol urgan birinchi jamoaga aylandi. 

E’tiborli tomoni shundaki, "qizil iblislar" 2007 yilning aprelidan beri birinchi marta Yevrokuboklarda oltita gol urdi. 

Angliya chempionatining navbatdagi turida "Manchester Yunayted" 2 may kuni "Liverpul" bilan o‘ynaydi, 6 may kuni esa Yevropa Ligasida "Roma" bilan javob uchrashuvini o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real MYu rekord

Baholaganlar

229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing