“Manchester Yunayted”ning jinsiy zo‘ravonlikda ayblanayotgan a’zosi vaqtincha ozodlikka chiqarildi

Sport

image

"Manchester Yunayted" hujumchisi, sobiq sevgilisini zo‘rlashda ayblanayotgan Meyson Grinvud joriy yilning 21 noyabrigacha ozodlikka chiqarildi. Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar berdi. 

Futbolchi joriy yilning 30 yanvarida politsiya tomonidan qo‘lga olingandi. Angliya terma jamoasi vingeri o‘zining sevgilisi, model Garriyet Robsonga jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda gumon qilinmoqda. Oldinroq,"MYU" rahbariyati futbolchini mashg‘ulotlardan chetlatgandi.

Grinvudning 17 oktyabr kuni garov puli bilan bog‘liq qoidalarni buzganligi ma’lum bo‘ldi. Biroq, advokatlar yordami bilan Meyson vaqtincha ozodlikka chiqarildi. Yopiq sud majlisi qaroriga ko‘ra, futbolchi 21 noyabrgacha ozodlikda bo‘ladi, ammo u o‘z sud ishi bo‘yicha guvohlar bilan bog‘lana olmaydi. Shuningdek, Grinvud Boudendagi uy manzilida yashashi shart.

Yanvar oyida Robson ijtimoiy tarmoqqa 21 yoshli futbolchi tomonidan kaltaklangani, shuningdek, jinsiy aloqa qilishga majburlangani aks etgan surat va audioyozuvlarni joylashtirgandi. Biroz vaqt o‘tgach, model surat va audiolarni tarmoqdan o‘chirib tashladi. Surishtiruv natijalaridan so‘ng ma’lum bo‘lishicha, suratda aks etgan holatlar 2018 va 2021 yillarda sodir etilgan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Britaniya matbuoti Meyson Grinvudni 10 yilgacha qamalishi mumkinligi haqida xabar bergandi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

258

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing