“Manchester Yunayted”ning aksiyalari rekord darajada pastlab ketdi

Sport

image

Gleyzerlar oilasi o‘zlarining talablariga mos keladigan taklifni olmasdan turib, klubni sotmasligini ma’lum qilishi ortidan “Manchester Yunayted”ning aksiyalari rekord darajada pastlab ketdi.

Bu mankunianliklarning ommaviy kompaniya sifatidagi 11 yillik faoliyati davomida eng yomon ko‘rsatkich bo‘lib, klub aksiyalari 21 foizga arzonladi. Buning ortidan bozor kapitallashuvi taxminan 700 million dollarga kamaygan.

Hozirda “Manchester Yunayted” klubining narxi 3,9 milliard dollar deb baholanmoqda. 

“Bloomberg ”ga ko‘ra, Gleyzerlar yetarlicha da’vogarlarni jalb qilganidan so‘ng, 2025 yilda MYUni yana sotishga urinib ko‘rishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatar shayxi Jassim Bin Hamad al-Taniy Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi egaligi uchun kurashda g‘alaba qozongani va u oktyabr oyi o‘rtalariga qadar klubni 6 milliard funt sterling evaziga xarid qilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing