“Manchester Yunayted” 15 yildan beri ilk bor “Barselona”ni mag‘lub etdi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi 2008 yildan buyon ilk bor “Barselona” jamoasini rasmiy o‘yinda mag‘lub etdi. Bu haqda “Chempionat” nashri xabar berdi.

Kecha, 23 fevral kuni Yevropa ligasi 1/16 finalining javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Barselona” klubini qabul qildi. Uchrashuv “Manchester Yunayted”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu natija bilan “Manchester Yunayted” so‘nggi 15 yil ichida ilk bor yevrokuboklar o‘yinida “Barselona”ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Oxirgi marta ingliz klubi 2008 yil 29 aprelda Chempionlar ligasining yarim final bosqichida raqibni mag‘lub etgan edi (1: 0).

“Manchester Yunayted” jamoasi ushbu yakuniy natija bilan Yevropa ligasining 1/8 finaliga yo‘l oldi.

Aytish joizki, 2008 yildan buyon jamoalar o‘zaro besh marta to‘qnash kelgan. To‘rtta o‘yin “Barselona” klubining g‘alabasi va bir o‘yin durang bilan yakunlangan. 

Umuman olganda, “Manchester Yunayted” va “Barselona” jamoalari rasmiy o‘yinlarda 17 marta kuch sinashgan – 7 g‘alaba va beshta durang natija bilan Kataloniya klubi peshqadamlik qilmoqda.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing