“Manchester Siti” YeCHL favoritimi? Anchelotti javob berdi

Sport

image

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yevropa Chempionlar ligasining joriy mavsum favoriti va sobiq klubi “Napoli” haqida fikr bildirdi. Bu haqda “Sky Sports” xabar berdi.

“Napoli” yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda, ular chempionatda ko‘p narsani hal qilib bo‘lgan, shuning uchun bor e’tiborini YeCHLga qaratmoqda. Napoli ham chorak finaldagi barcha klublari kabi xavfli jamoa”, deydi Anchelotti.

Shuningdek, Anchelotti “Manchester Siti” turnir favoritimi?” degan savolga ham javob berdi.

 “Manchester Siti” kecha 7 ta gol urdi. Musobaqada g‘alaba qozonish uchun tarkib kuchlimi yoki yo‘qmi, hamma jamoani mag‘lub etish kerak”, deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, 1/8 finalda “Real Madrid” “Liverpul”ni umumiy 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Italiyaning “Milan”, “Inter” va “Napoli”, Angliyaning “Chelsi” va “Manchester Siti”, “Bavariya” va Portugaliyaning “Benfika” klublari YeCHL chorak finaliga yo‘l oldi.

Ertaga, 17 mart kuni Chempionlar ligasining chorak finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. U Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

EChL “Manchester Siti”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing