“Manchester Siti” Yamal uchun transfer rekordini yangilashga tayyor
Sport
−
12 aprel
6109“Manchester Siti” “Barselona”ning yosh iqtidori Lamin Yamal uchun 275 million yevro taklif qilgan. Bu haqda “Barca Universal” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” rahbariyati kataloniyaliklar vingeri Yamalni qo‘lga kiritmoqchi. Bu uchun transfer rekordini yangilashga ham tayyor. Agar bu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, rekord yangilanadi.
Qayd etish kerak, futbol tarixida eng qimmat transfer qilingan futbolchi bu Neymar hisoblanadi. 2017 yilda “Barselona” Neymarni PSJga 222 million yevroga sotgan va bu borada rekord o‘rnatgan.
Ma’lumot o‘rnida, Lamin Yamal “Barselona” safida joriy mavsum barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 21 ta assist amalga oshirdi. 17 yoshli futbolchining “ko‘k-anorranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali Yamalning narxini 180 million yevroga baholagan.
LiveBarchasi