“Manchester Siti” Semeno bilan shartnoma imzolashi yaqin – manba
Sport
−
25 dekabr 2025 1139 1 daqiqa
“Manchester Siti” klubi “Bornmut” qanot himoyachisi Antuan Semeno transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda va ganalik hujumchi “shaharliklar” safiga o‘tishga juda yaqin. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, “Manchester Siti” transfer shartlarining ayrim jihatlarini, xususan, to‘lov tizimini o‘zgartirish ustida ishlamoqda.
Qayd etilishicha, “Manchester Yunayted” ham Antuan Semenoga qiziqish bildirgan, biroq ganalik futbolchi boshqa bir Manchester granti “Manchester Siti”ni tanlagan.
25 yoshli futbolchining “Bornmut” klubi bilan amaldagi shartnomasida 2026 yil 10 yanvargacha amal qiladigan 65 million funt sterling (taxminan 75 million yevro) miqdoridagi tovon puli bandi mavjud. Biroq tomonlar muzokaralar jarayonida kelishuv tafsilotlarini, jumladan, moliyaviy shartlarni qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Antuan Semeno joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 16 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi. U “Bornmut” safida eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi hamda APL to‘purarlar reytingida to‘rtinchi o‘rinni egallab kelmoqda.