“Manchester Siti” klubi “Milan”ga futbolchi almashishni taklif qilmoqchi

Sport

image

"Manchester Siti" klubi "Milan" hujumchisi Rafael Leauga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda  "Calciomercatoweb" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "shaharliklar" 23 yoshli portugaliyalik evaziga Italiya klubiga Jek Grilishni taklif qilmoqchi. "Milan" rahbariyati, o‘z navbatida, 27 yoshli ingliz futbolchisini o‘z safida ko‘rishga qarshi bo‘lmasada, bunday almashinuvni xohlamayapti.

Joriy mavsumda Leau "rossonerilar" safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali Portugaliya terma jamoasi futbolchisini 85 million yevroga baholamoqda. 

Avvalroq "Milan" vingeriga Londonning "Chelsi" klubi ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Grilish "Manchester Siti" safida 17 o‘yinda 1 ta gol urdi. Angliyalik futbolchining transfer narxi hozirda 70 million yevroni tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Leao

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing