41 yoshli Ibragimovich nega faoliyatini tugatmayapti?

Sport

image

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich nega haligacha faoliyatini yakunlamayotgani haqida gapirdi. Oktyabr oyida shved futbolchisi 41 yoshga to‘ldi.

"Men hamon adrenalinni, muxlislarning hayajonini, maydon taftini his qilyapman. Va men doimo ko‘proq narsalarga erishishni xohlayman. O‘tgan mavsumning so‘nggi olti oyida jarohatlardan juda ko‘p qiynaldim, ammo jamoa kayfiyatiga yomon ta’sir qilmasligi uchun jarohatim jiddiyligini aytmay keldim", deydi Ibragimovich.

Joriy mavsumda Ibragimovich operatsiya sabab hali maydonga tushmadi. Uning 2023 yil yanvarida maydonga qaytishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Ibragimovich

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing