“Manchester Siti”ga qarshi o‘yin oldidan “Bavariya” yo‘qotishga uchradi

Sport

image

Germaniyaning “Bavariya” klubi hujumchisi Erik-Maksim Choupo-Moting Angliyaning “Manchester Siti” klubiga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi 1/4 final dastlabki o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda nemis klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi tizzasidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘lishga ulgurmagan. Shu sababli kamerunlik hujumchi Germaniya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan “Frayburg”ga (1:0) qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuborgan.

“Manchester Siti” – “Bavariya” uchrashuvi 12 aprelga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.

34 yoshli Choupo-Moting joriy mavsumda Myunxen klubi safida umumiy 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Siti” Erik-Maksim Choupo-Moting

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing