“Manchester Siti” Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasining finalida Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi Italiyaning “Inter” klublari kecha, 10 iyun kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan “Otaturk Olimpiya stadioni”da bo‘lib o‘tgan uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 36-daqiqada “shaharliklar”ning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lgan Kevin De Bryuyne jarohat olib, maydonni tark etdi.

Bryuynening o‘rniga Fil Foden maydonga tushirildi. Ikkinchi bo‘limda angliyaliklar faollikni oshirdi va uchrashuvning 68-daqiqasida hisobni ochdi. Gol muallifi sifatida Rodri Ernandes o‘z nomini tarix kitoblariga yozdirib qo‘ydi.

Rodri kiritgan to‘p bahsdagi yagona golligicha qoldi va Gvardiola shogirdlari 2022/2023 yilgi mavsum Yevropa chempionlar ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an stadiondan turib kuzatib borgan finalda “Manchester Siti” o‘z tarixida ilk bor chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Manchester Siti Inter Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing