“Manchester Siti” APLning eng qimmat himoyachilaridan birini sotib olishi mumkin
Sport
−
06 yanvar 8059 1 daqiqa
“Manchester Siti” jamoasi qishki transfer oynasi davomida “Kristal Pelas” markaziy himoyachisi Mark Gehini sotib olishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
“Shaharliklar”ning Gehiga qiziqishiga sabab jamoa himoya chizig‘idagi jiddiy muammolar bilan bog‘liq. Joriy yilning 4 yanvar kungi “Chelsi” bilan 1:1 hisobidagi durang o‘yinda jamoaning ikki asosiy markaziy himoyachisi Yoshko Gvardiol va Ruben Diash jarohat oldi. Shu bilan birga, “Siti”ning yana bir himoyachisi Jon Stouns ham uzoq vaqtdan beri sog‘lig‘idagi muammolar bilan maydonga tusha olmayapti.
Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” rahbariyati yakuniy qaror qabul qilishni kechiktirmoqda va Gehi transferi bo‘yicha faol choralarni ko‘rishdan oldin Gvardiol va Diashning tibbiy holati bo‘yicha xulosalarni kutmoqda.
Mark Gehining “Kristal Pelas” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Agar himoyachi shartnomani uzaytirmasa, u mavsum yakunida klubni tekinga tark etishi mumkin. London klubi esa futbolchini mavsum oxirida yo‘qotmaslik maqsadida, yanvar oyidayoq sotishni ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Siti” himoyachisi Yoshko Gvardiol boldiridan olgan jarohati sabab hafta oxirida jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi