Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

“Manchester Siti” himoyachisi jarohat olib, safdan chiqdi

Sport

image

“Manchester Siti” futbolchisi Jon Stounzning “Real”ga qarshi o‘yinda olgan jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. Bu haqda “One football” xabar berdi.

Jon Stounz “Manchester Siti”ning “Real Madrid”ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi pley-off o‘yini javob bahsida 7-daqiqadayoq jarohat olib, maydonni tark etgandi. Ayni damga kelib, uning uzoq muddatga safdan chiqqani va operatsiya qilinishi ma’lum bo‘ldi. “Shaharliklar” bosh murabbiyi Gvardiola himoyachining ahvoli va uning “Liverpul”ga qarshi o‘yinda maydonga tushish-tushmasligi haqida munosabat bildirdi.

“Hali hammasi aniq emas. Ertaga aniqlaymiz, hozircha vaziyat qanday ekanligidan xabarim yo‘q. Unga operatsiya kerakmi yo‘qmi, keyingi kunlar davomida bilib olamiz. Shunisi aniqki, u Akanji kabi uzoq muddatga safdan chiqdi”, deydi Gvardiola.

Ma’lumot o‘rnida, hujumchi Erling Holand ham o‘tgan haftada "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda (4:0) tizzasidan jarohat olib, "Real"ga qarshi YeCHL uchrashuvida qatnashmagandi. Norvegiyalik futbolchining jismoniy holati haqida so‘ralganda, Gvardiola Holandning "Liverpul"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida ekanini ma’lum qildi.

Gvardiola shogirdlari navbatdagi bahsni APL doirasida “Liverpul”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin 23 fevral kuni 21:30 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti jarohat Gvardiola Jon Stounz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing