Manba: Ronaldu “Yunayted” bilan shartnomasini bekor qilmoqchi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” futbolchisi Krishtianu Ronaldu klub vakillariga amaldagi shartnomasini bekor qilmoqchi ekanligini aytdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, 37 yoshli futbolchi kelasi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoa topishni niyat qilgan. Ammo "Manchester Yunayted" futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor emas. Sababi joriy transfer oynasi ochilganda, “qizil iblislar” bosh murabbiyi Erin ten Xag to‘purar hujumchi sotib olishni rejalashtirmagan, chunki u Ronaldu “Yunayted”da qolishiga ishongan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2021 yildan buyon “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda Ronaldu “qizil iblislar” safida barcha musobaqalarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. “Transfermarkt” portali portugaliyalik iqtidor egasini 35 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu “Manchester Yunayted”

Baholaganlar

154

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing