Manba: Ronaldu “Real Madrid”ga qaytishi mumkin
Sport
−
03 may 2022
8964“Manchester Yunayted”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining sobiq jamoasi “Real Madrid” safiga qaytishi mumkin. Bu haqda “The Mirror” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ronaldu “Manchester Yunayted” uchun “qora tush”ga aylangan mavsumni ham yomon o‘tkazmadi. Biroq kelasi mavsumdan “qizil iblislar”ni boshqaradigan Erik ten Xag jamoani 37 yoshli futbolchi atrofiga qurmasligi deyarli aniq. Qolaversa, “Manchester Yunayted” kelasi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasida o‘ynamaydi. Ronaldu esa faoliyatining oxirgi yillarini ushbu musobaqadan uzoqda o‘tkazish niyatida emas.
Madridning “Real” klubi esa o‘z tarixidagi eng yaxshi to‘p urar hujumchisini ortga qaytarish variantiga ijobiy qaraydi. Ronalduning o‘zi uchun ham faoliyatini Madridda yakunlash ajoyib tuyulishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Ronaldu “Manchester Yunayted” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. 37 yoshli portugaliyalik iqtidor egasining “qizil iblislar” bilan 1+1 ko‘rinishidagi shartnomasi mavjud.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023