Manba: Neymar va Mbappening o‘rtasiga sovuqchilik tushdi

Sport

image

Kilian Mbappe va Neymar o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan, bu esa braziliyalikning PSJdan ketishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Fransiyaning eng nufuzli nashrlaridan biri “L'Equipe” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bir paytlar bu ikki futbolchi o‘rtasida yaxshi do‘stlik munosabatlari mavjud bo‘lgan. Biroq hozirgi kunda Neymar va Mbappening bir-biriga munosabati keskin yomonlashgan. Fransiyalik iqtidorli futbolchi braziliyalik hamkasbini shaxsiy suhbatlardan birida masxara qilgan. Tabiiy-ki, bu holat Neymarga ma’qul kelmagan.

Qayd etish joizki, PSJ klubi rahbariyatiga Neymarga oldingidek munosabatda emas. Sababi 30 yoshli futbolchi avvalgi salohiyatini ancha yo‘qotgan va Parij jamoasini oldinga boshlashning uddasidan chiqmayapti. PSJ rahbariyatining Neymardan qutulish payiga tushib qolgani futbol jamoatchiligiga anchadan buyon ma’lum edi. Endlikda Kilian Mbappe ham Neymarning ketishini xohlamoqda.

Neymarning o‘zi ham PSJ bilan baxtli emas, ammo Parijda unga oyiga 4 million yevrolik maosh belgilangan. Albatta, bunchalik katta ish haqqini dunyoning boshqa istalgan klubi to‘lay olmaydi. Bu esa braziliyalikni PSJda ushlab turgan yagona kuch hisoblanadi. Neymar arab shayxlarining hisobsiz millionlaridan voz kechishni istamasa, Mbappening soyasiga o‘tishga majbur.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Neymar PSJ tarkibida 28 o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali braziliyalik iqtidor egasini 90 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing