“Man Siti” o‘z tarixidagi eng qimmat transferga tayyorlanmoqda
Sport
−
10 dekabr 7283 1 daqiqa
“Manchester Siti” “Chelsi”ning 18 yoshli braziliyalik futbolchi Estevan Villianni transferning asosiy maqsadi deb hisoblamoqda va klub uni qo‘lga kiritish uchun o‘z tarixidagi transfer rekordini yangilashga tayyor. “Shaharliklar” futbolchi uchun 120 million yevrolik ulkan taklif tayyorlamoqda. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Pep Gvardiolaning Estevanda yangi davrni boshlab berishi mumkin bo‘lgan barcha fazilatlar mujassam, deb hisoblaydi. “Manchester Siti” rahbariyati futbolchini qo‘lga kiritish uchun bor kuchini ishga solishini, hattoki uning maoshini ikki baravar oshirib, jamoaning eng yuqori maosh oluvchi futbolchilari qatoriga qo‘yish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Estevanning nomi bir necha oylardan beri “Manchester Siti” sport rahbariyati muhokamasida bo‘lgan, ammo London klubi braziliyalikni klubni qayta qurish jarayonining asosiy qismi deb biladi va shu sababli har qanday holatda ham uni sotishni rejalashtirmayapti.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” tarixidagi eng qimmat transferi Jek Grilish hisoblanadi. Futbolchi 2021 yilda “Aston Villa”dan 117,5 million yevro evaziga “Manchester Siti” safiga kelib qo‘shilgan edi. Grilishning transferi Angliya futboli tarixida ham eng yirik ichki transferlardan biri sifatida qayd etilgan.
Live
Barchasi