“Man Siti” 16 yillik antirekordini yana qayd etdi
Sport
−
02 dekabr
11071 dekabr kuni Angliya chempionatining 13-turi doirasida “Liverpul” o‘z maydonida “Manchester Siti” ustidan g‘alaba qozondi (2:0).
Bu “Man Siti”ning Angliya chempionatidagi qatorasiga to‘rtinchi mag‘lubiyatidir. Bungacha Pep Gvardiola shogirdlari “Bornmut” (1:2), “Brayton” (1:2) va “Tottenxem”ga (0:4) mag‘lub bo‘lgandi.
“Shaharliklar”da 2008 yilning avgustidan beri Premer-ligada bunday holat kuzatilmagan. “Man Siti” ketma-ket 6 ta o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti.
Garchi ketma-ket muvaffaqiyatsizlikka qaramay, klub rahbariyati Gvardiolani ishdan olmoqchi emas va Pepning o‘zi ham faoliyatini "shaharliklar" postida davom ettirmoqchi.
“Men qolmoqchiman. Klub muvaffaqiyatiga ishonchim yo‘qligini his qilgan paytim bu yerga boshqa murabbiy keladi. Ammo men vaziyatni to‘g‘irlash imkoniyatiga ega bo‘lishni xohlayman va qiyin vaziyatda ketishni xohlamayman. Bugundan boshlab mavsum oxirigacha jamoani ko‘p jihatdan qayta qurish niyatidaman”, degandi Gvardiola “Liverpul” bilan bahs oldidan.
Ma’lumot uchun, Angliya chempionatining ortda qolgan 13 ta turidan keyin “Manchester Siti” 23 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. 1-o‘rinni band etgan “Liverpul” hisobida esa 34 ochko mavjud. Kuchli beshlikdan “Arsenal”, “Chelsi” va “Brayton” klublari joy olgan.
LiveBarchasi