Mamlakatda qon to‘kilishiga Yevropa Ittifoqi javobgar – Suriya

Olam

image

Suriyaliklarning azoblanishi va mamlakatda qon to‘kilishiga Yevropa Ittifoqi javobgar. Bu haqda Suriya Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida so‘z boradi.

“Yevropa Ittifoqi Suriyaga nisbatan noto‘g‘ri tushunchalar va qarama-qarshi da’volar qilib, dushmanlik siyosatini davom ettirishga urg‘u berdi. Ittifoqning Suriyaga qarshi tajovuzda terroristik guruhlarni qo‘llab-quvvatlashi va iqtisodiy terrorizmni amalga oshirishda ishtirok etishi ushbu tashkilotni Suriyada qoni to‘kilishi uchun javobgar qiladi”, deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, Suriyaga qarshi o‘n yildan beri davom etayotgan adolatsiz urush Yevropa Ittifoqining dushmanlik siyosatini qoralash uchun asos bo‘ladi.

“Yevropa Ittifoqiga a’zo ba’zi davlatlarning his-tuyg‘ularini qitiqlashda davom etayotgan mustamlakachilik tafakkuri o‘tmishda qoldi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Ma’lumot o‘rnida, Yaqin Sharq mintaqasida boshlangan “Arab bahori” Suriyani ham chetlab o‘tmadi va 2011 yilning 15 mart kuni bir necha yuz kishidan iborat namoyishchilar demokratik islohot talab qilib, ko‘chalarga chiqdi. Asta-sekinlik bilan boshlangan kam sonli norozilik harakatlari keyinchalik fuqarolar urushiga aylanib ketdi. Mana 10 yildirki, Suriya yirik davlatlar va terroristik guruhlar manfaati to‘qnashgan hudud bo‘lib qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Arab bahori

Baholaganlar

258

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing