“Nuroniy” jamg‘armasi raisi o‘zgardi
Jamiyat
−
17 yanvar 2020
18076O‘zbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashi qaroriga ko‘ra, shu paytga qadar jamg‘armaning respublika boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Shuhrat Jalilov boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga O‘zbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi etib saylandi.
Yig‘ilishda “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashi a’zolari, respublika boshqaruvi xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Sodiqjon Turdiyev 2012 yilda Fermerlar kengashi raisi, 2013 yilda O‘zLiDeP yetakchiligiga saylangan. 2018 yil avgustida esa partiya raisligidan ketib, Andijonning Jalaquduq tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr