Malika Hakimova jahon chempionligi uchun jang qiladi
Sport
−
18 iyul 2019
4291Xabaringiz bor, ayni kunlarda Vengriyaning Budapesht shahrida qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Ma’lumot uchun, kecha musobaqada barcha yo‘nalishlarda saralash bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Bugun, 18 iyul kuni jahon chempionatining pley-off bahslariga start beriladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Mazkur bosqichga saralashdan omadli o‘tgan 64 ishtirokchi yetib kelgan. E’tiborlisi, ayollar o‘rtasida shpaga yo‘nalishida o‘zbekistonlik Malika Hakimova ham medallar uchun kurashni davom ettirmoqda. O‘zbek sportchisi bugun ilk bellashuvini xitoylik Minge Chjuga qarshi o‘tkazadi.
LiveBarchasi