Malibu’ni “ko‘p gapirmasdan” qo‘yvorishni buyurgan komandir va haydovchi jazoga tortildi

Jamiyat

image
“GAI” qoidabuzarga “shtraf” yozmasdan qo‘yib yuborgani o‘rganilmoqda — Aksilkorrupsiya agentligi north_east

“GAI” qoidabuzarga “shtraf” yozmasdan qo‘yib yuborgani o‘rganilmoqda — Aksilkorrupsiya agentligi

Avvalroq, Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yo‘l-patrul xizmati xodimi rahbariyatdan kelgan buyruqqa ko‘ra, qoida buzgan haydovchiga jarima yozmasdan qo‘yib yuborgani haqida xabar bergan edik. Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, voqea joriy yilning 28 iyul kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahar hududida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlari davomida, M.Ulug‘bek ko‘chasida sodir bo‘lgan. Hududda xizmat olib borayotgan YPX xodimi A.Ismoilov tomonidan “OʼZTEMIRYOʼLMASHTAʼMIR” unitar korxonasiga tegishli bo‘lgan Malibu rusumli avtomobil haydovchisi harakat vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmaganligi sababli to‘xtatilgan.

Tekshiruv davomida transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi barcha hujjatlar haydovchining yonida bo‘lgan.

Haydovchiga nisbatan MJtKning 125-moddasi 1-qismga (xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish) asosan EV-21 seriyali 10-972827 raqamli elektron shakldagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.

“Ma’muriy bayonnomani rasmiylashtirish jarayonida YPX xodimining komandiri aloqaga chiqib, ko‘p ushlab turmasligini, haydovchiga nisbatan “xushmuomala”da bo‘lishini aytib, transport vositasini qo‘yib yuborishini aytgan. Shundan so‘ng haydovchi harakatni davom ettirgan”, deyiladi xabarda.

Ushbu holatda (ratsiya orqali bog‘langan) 2-mintaqaviy hudud YPX otryadi komandiri amaldagi me’yoriy hujjatlar talablarini buzganligi uchun intizomiy jazolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing