“GAI” qoidabuzarga “shtraf” yozmasdan qo‘yib yuborgani o‘rganilmoqda — Aksilkorrupsiya agentligi
Jamiyat
−
02 avgust 2021
15808Avvalroq, Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yo‘l-patrul xizmati xodimi rahbariyatdan kelgan buyruqqa ko‘ra, qoida buzgan haydovchiga jarima yozmasdan qo‘yib yuborgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi holat yuzasidan munosabat bildirib, Olmaliq shahrida YPX inspektori bilan bog‘liq vaziyat agentlik tomonidan o‘rganilayotganini ochiqladi.
Agentlik tomonidan mazkur holat yuzasidan huquqiy baho berish uchun O‘zbekiston Respubikasi Ichki ishlar vazirligiga tegishli murojaat yuborilgan.
O‘rganish yakunlanganidan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
LiveBarchasi