Malayziya vaziri taqiqlangan joyda chekkani uchun jarimaga tortildi

Olam

image

Bugun, 18 dekabr kuni Malayziyaning Tashqi ishlar vaziri Datuk Seri Muhammad Hasan taqiqlangan joyda tamaki chekkani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda “Malay Mail” gazetasi xabar berdi.

Bu vazirning Malay yarimorolining janubi-g‘arbiy sohilidagi Negri-Sembilan shtatidagi restoranda sigaret tutayotgani aks etgan surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketganidan keyin ma’lum bo‘lgan.

Malayziyada 2019 yilda barcha yemakxonalar va restoranlarda chekish noqonuniy deb e’lon qilingan, joriy yilning oktyabr oyida esa qo‘shimcha cheklovlar kiritilgan.

Davlat amaldori o‘z xatosini tan olgan va sog‘liqni saqlash rasmiylaridan qoidabuzarlik haqida xabar olganini aytgan.

“Agar bu tashvish tug‘dirsa va jamoatchilik uchun muammo bo‘lib qolsa, men chin dildan kechirim so‘rayman va undiriladigan to‘lovni to‘layman”, degan vazir.

U Putrajaya hududida Iordaniya hukumati tashabbusi doirasida Malayziyaning Falastinga qo‘shgan hissasi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda xalqdan uzr so‘ragan.

Malayziya Sog‘liqni saqlash vaziri Zulkefli Ahmad ham fikr bildirgan va 2024 yil 1 oktyabrdan kuchga kirgan “Jamoat salomatligi uchun tamaki nazorati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq hech kim qonundan ustun emasligini ta’kidlagan.

“To‘g‘risini aytganda, Tashqi ishlar vazirligi rahbari Muhammad Hasan qonunbuzarligi uchun o‘ziga jarima solishni so‘radi va jarimani to‘lashini aytdi”, degan u.

Ma’lumot uchun, Muhammad Hasan 2023 yil 12 dekabrda lavozimga kirishgan. Malayziyada chekish taqiqlangan joylarda chekuvchi shaxslar o‘n ming ringgitdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima yoki ikki yildan ortiq bo‘lmagan muddatga qamoq jazosi bilan jazolanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

tamaki jarima Malayziya Tashqi ishlar vaziri Datuk Seri Muhammad Hasan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing