Malayziya G‘azoga tinchlikparvar qo‘shinlar yuborishga tayyor

Olam

image

Malayziya G‘azoga tinchlikparvar qo‘shinlarini yuborishga tayyor. Bu haqda mamlakat Bosh vazir Anvar Ibrohim ma’lum qildi.

Uning aytishicha, bunday vaziyatda Malayziya qo‘shinlari Indoneziya bilan birgalikda harakat qiladi. Ammo buning uchun BMT Xavfsizlik Kengashidan tegishli mandat kerak.

1 iyul kuni Bosh vazir Indoneziyaning saylangan Prezidenti Prabovo Subianto bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida “Malayziya-Indoneziya xalqaro tinchlikparvar missiyasida hamkorlik qilish g‘oyasini olqishlashini” aytgan.

“Falastindagi gumanitar vaziyatga kelsak, agar BMT bizga mandat bersa, men Malayziya Indoneziya bilan har qanday tinchlikparvar missiyada hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildim”, deb yozdi Ibrohim Facebook'da.

Ma’lumot uchun, Malayziya va Indoneziya Isroilni mustaqil davlat sifatida tan olmaydi yoki u bilan diplomatik yoki iqtisodiy aloqalarga ega emas.


Maqola muallifi

Teglar

Malayziya G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made