Malaka toifasini oshirgan tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lanadi

Jamiyat

image

O‘z xohishi bilan navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, malaka toifasini oshirgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga oshirilgan malaka toifasi bo‘yicha haq to‘lanadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga ko‘ra, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari malaka toifasini berish bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin.

"Shuningdek, navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, undan o‘ta olmagan xodimlarning malaka toifasi tushirilmaydi", deyiladi vazirlikning bu haqdagi ma’lumotida.

Davolash-profilaktika tashkilotlari rahbarlari navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tish muddati tugashidan olti oy oldin shifokor va farmatsevtlarni attestatsiyadan o‘tishi lozimligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilishi zarur.

Bundan tashqari, rahbariyat tomonidan xodim tibbiyot va farmatsevtika xodimlari attestatsiyadan o‘tkazish tartibi bilan tanishtirilishi hamda attestatsiyadan o‘tish uchun hujjat topshirish boshlangunga qadar ularning malaka oshirishi tashkil etilishi lozim.


Maqola muallifi

Teglar

shifokor malaka farmatsevt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing