Malaka sertifikatlarini berish tartibi birxillashtirildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda malaka sertifikatlarini berish tartibi birxillashtirildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 30 noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamentida ma’lum qilingan. 

Unga ko‘ra, quyidagilar birxillashtirildi:
 
• jismoniy shaxslarga ayrim turdagi malaka sertifikatini berish bo‘yicha arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi;
• malaka sertifikatini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish va malaka sertifikatini rasmiylashtirish tartibi;
• malaka sertifikatini berish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi;
• malaka sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish va bekor qilish tartibi;
• davlat xizmatini ko‘rsatishda undiriladigan to‘lovlar taqsimoti tartibi.
 
Bildirilishicha, ushbu xizmatlardan foydalanish uchun fuqarolar yoki ularning ishonchli vakillari davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida malaka sertifikatining dublikati berilganligi uchun davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi to‘lov miqdorlari kamaytirilishi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

markazlar Malaka sertifikatlari davlat xizmatlari portali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing