Maktablarni 11 yilda kamida bir marta majburiy attestatsiyadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda maktablarni har 11 yilda kamida bir marta majburiy tarzda attestatsiyadan o‘tkazish tartibini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilyapti. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiya va monitoringdan o‘tkazishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasida belgilanmoqda.

Loyihada umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan o‘tkazishning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlashning xavf-xatarlar tahliliga asoslangan monitoring tizimini joriy etish masalasi nazarda tutilgan.

Unga ko‘ra:

a) umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari har 11 yilda kamida bir marta majburiy tarzda attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi;

•    attestatsiya umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan iborat ikki bosqichda amalga oshiriladi.

•    faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari – amaldagi akkreditatsiya sertifikatining muddati tugagandan so‘ng 11 yil muddatga akkreditatsiyadan o‘tkaziladi;

•    umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida muddatidan oldin attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tish imkoniyati beriladi.

b) xavf-xatar tahlili asosida faoliyat samaradorligi darajasi past bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari aniqlanadi;

•    ta’lim tashkiloti faoliyatini “yo‘l xaritasi” asosida rivojlantirish imkoniyati beriladi;

•    belgilangan chora-tadbirlar o‘z vaqtida va lozim darajada bajarilishi uchun umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga tuman (shahar) hokimliklari va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari ko‘maklashadilar.

Mazkur loyiha quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilgan:

•    umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini baholash mezonlarini soddalashtirish;

•    umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi va davlat akkreditatsiyasi jarayonlarini raqamlashtirish;

•    umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlashning xavf-xatarlar tahliliga asoslangan monitoring tizimini joriy etish;

•    umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining faoliyatidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni erta aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishda hududiy hokimliklar va ta’limni boshqarish organlarining vazifalarini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiya va monitoringdan o‘tkazishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi doirasida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayoniga jalb etiladigan ekspertlar mehnatiga haq to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan qariyb 300 mln so‘m qo‘shimcha sarf-xarajatlar talab etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing